insurez
21-10-2025 10:33

Ona tilimiz — millat gururi!


Ona tilimiz — millat gururi!

21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Ishtixon tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan tumanning barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda yoshlar ona tilimizning boy tarixiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbirda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev g‘olib va sovrindor o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini samimiy tabriklab, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ona tilimiz — bizning tariximiz, iftixorimiz va kelajagimizdir!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -