insurez
23-01-2025 11:35

“Oqila ayollar” harakati tomonidan tadbir o‘tkazildi


“Oqila ayollar” harakati tomonidan tadbir o‘tkazildi

Ishtixon tumani 1-sektori hududida xotin-qizlar faollari tomonidan “Oqila ayollar” harakati tashabbusi bilan “Qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda milliy an’analarimiz va qadriyatlarimiz sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi. 

Ayniqsa, momolarimizdan meros bo‘lib qolgan kelin salom, alla aytish, kashta tikish va zarduzlik kabi urf-odatlar yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Milliy qadriyatlarimizning e’zozlanishi va keng targ‘ib etilishi jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -