O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-yanvardagi 07-15-1-sonli topshiriq xatiga muvofiq, tuman hokimligi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining ish yuritish malakasi hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tuman hokimligida maxsus iqtisodiy o‘qishlar tashkil etildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari hokimlikning barcha bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv masalalaridagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, o‘qishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 662-sonli qarori mazmun-mohiyati, uning ijrosi va amaliy tatbiqi yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘qishlar natijasida tuman hokimligi xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va rasmiylashtirishdagi malakasi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Shu orqali tuman hokimligi faoliyatida huquqiy aniqlik va yuqori samaradorlikka erishish maqsad qilingan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI