insurez
15-01-2025 11:26

PREZIDENT QARORI IJROSI AMALDA


PREZIDENT QARORI IJROSI AMALDA

▪️Ayni damda Ishtixon tuman hokimligining majlislar zalida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

▪️Respublika Oʻsimliklarni himoya qilish Ilmiy tadqiqot institutining mas’ul xodimlari hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari V.Tursunov bilan birgalikdagi o‘tkazilgan muhokamada Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Agrosanoat majmui nazorati inspeksiyasi, O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi xodimlari, klasterlar, fermerlar va tomorqa yer egalari ishtirok etdi.

▪️Muhokama davomida davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, qishloq xo‘jaligi texnikalari va yerlarni ekinga tayyorlash, g‘allani parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -