Prokuraturada "Ochiq eshiklar" kuni
Prokuraturada "Ochiq eshiklar" kuni
Bugun viloyat prokuraturasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Samarqand davlat universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
“Prokuratura idoralarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi doirasida tashkil etilgan tadbir avvalida ishtirokchilar hamda prokuratura xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda prokuratura idoralari faoliyati, viloyat prokuraturasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda viloyat prokuraturasi organlari xodimlariga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalar prokurorlarning ish tartibi, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda tajriba oshirish, sohaga ishga kirish tartibi xususida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirda attestatsiyadan ijobiy o‘tgan 3 nafar yosh mutaxassisning qasamyod qabul qilishi va ularga darajali unvonlarni topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI