insurez
10-01-2025 10:24

QONUN USTUVORLIGI VA ADOLAT TANTANASINI TA’MINLASH YO‘LIDA


QONUN USTUVORLIGI VA ADOLAT TANTANASINI TA’MINLASH YO‘LIDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qonuniga muvofiq, 2017 yildan buyon 8 yanvar kuni mamlakatimizda Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

🇺🇿Mazkur sana munosabati bilan Samarqand viloyati prokuraturasida tadbir tashkil etildi. Tadbirda qator prokuratura xodimlari o‘tgan yildagi samarali faoliyati uchun yangi unvonlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

🦅Xususan, Ishtixon tuman prokurori Uchqun Butunov o‘zining mehnatsevarligi va mas’uliyati uchun muddatidan oldin polkovnik unvoniga sazovor bo‘ldi.

✅Tadbir davomida prokuratura organlari xodimlari qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashdagi muhim vazifalarini bajarishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🇺🇿Bunday e’tirof va rag‘bat ularni yanada mas’uliyatli bo‘lishga va mamlakat rivoji yo‘lida ko‘proq xizmat qilishga undamoqda.

Teglar
- -