RESPUBLIKA ICHKI ISHLAR ISHCHI GURUHI ISHTIXONDA
RESPUBLIKA ICHKI ISHLAR ISHCHI GURUHI ISHTIXONDA
🇺🇿Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari geniral mayor Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Ishtixon tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ishtixon tumanining “Ishtixon” mahallasida tuman sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Namunali xavfsiz ko‘cha“ va “Namunali xavfsiz yo‘lak“ joriy etish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, respublika ishchi guruhi tumanda “Xavfsiz bozor” namunasini yaratish, videokamera, signalizatsiya, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi uskuna, avtoturargoh tashkil etish bo‘yicha Ishtixon tumanidagi dehqon bozorida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
🇺🇿Ishchi guruhi a’zolari Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlarida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rmoqdalar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI