Respublika ishchi guruhi Ishtixonda
Respublika ishchi guruhi Ishtixonda
📍Ishtixon tumani “Odil” mahallasi va Payariq tumani “Navoli” qishlog‘i hududida joylashgan “Navoli” qabristonining holati tubdan yaxshilandi.
Qabristonga yetaklovchi 2 km yo‘lga shag‘al to‘shalib, yo‘l tekislab chiqildi. Endilikda harakatlanish uchun qulay sharoit yaratildi.
Qabriston atrofi tartibga keltirildi. Qabristonning chegaralari belgilab olindi va uning atrofini o‘rash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, qabriston hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, yo‘laklar tashkil etildi, bu esa qish va bahor oylarida qulay harakatlanishni ta’minlaydi.
Mazkur ishlar mahalliy hokimiyat, tegishli mutasaddi tashkilotlar va aholi hamkorligida amalga oshirildi.
✅Ushbu tashabbus nafaqat qabriston hududini tartibga keltirishga, balki mahalliy aholining manfaatlarini qondirishga xizmat qilmoqda.
✨Qabristonning tozaligi va saqlanishi bo‘yicha kelgusida doimiy nazorat o‘rnatiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI