insurez
15-01-2025 11:28

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda


Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

📍Ishtixon tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bank xizmatlaridan samarali foydalanish va faoliyatdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

💎Bugun tumandagi “Agrobank” ATB filiali tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda bir qator tadbirkorlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan qiyinchiliklar muhokama qilinib, ularga yechim topish bo‘yicha aniq takliflar berildi.

💬Uchrashuvda tadbirkorlarning kredit olish, hisob-kitoblar, eksport-import operatsiyalari va bank xizmatlari bilan bog‘liq savollariga batafsil javoblar berildi.

✅Bunday muloqotlar tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirish va tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -