Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri!
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri!
Bugun Ishtixon tuman hokimligi tomonidan tumanimizdagi fidoyi va sadoqatli tibbiyot xodimlari uchun “GRAND CHAROS” bazmgohida tantanali tadbir tashkil etildi.
👩⚕️👨⚕️ Tadbir davomida tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari hamda tibbiyot muassasalari rahbarlari soha fidoyilariga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatini yuksak qadrlashlarini ta’kidladilar.
💐 Sog‘lom jamiyatni shakllantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🎶 Tadbir jarayonida bayramona kayfiyat, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalar hukm surdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




