Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan ijro intizomi o‘rganildi.
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan ijro intizomi o‘rganildi.
O‘rganish davomida, mutasaddilarning e’tiborsizligi tufayli normativ-huquqiy hujjatlar hamda topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilmagani, dolzarb masalalarga tezkor va samarali yechim topilmagani qayd etildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi Ishtixon tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi tomonidan talab darajasida ta’minlanmagan, ijro intizomi sust, kechikishlarga yo‘l qo‘yilgan.
O‘rganish ishlari ish rejaga asosan, qolgan sohalarda ham davom ettiriladi.