insurez
27-09-2025 16:45

Vazir tashrifi Ishtixon tumanida ham amalga oshirildi


Vazir tashrifi Ishtixon tumanida ham amalga oshirildi 🌾

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yulchiyevich va Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Shukurovich Ishtixon tumanidagi paxta dalalariga tashrif buyurdi. (https://t.me/sam_qishloqxojaligi/666)

🤝 Tashrif davomida terimchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga kuch-quvvat tilandi.

✅ Ish jarayonlari o‘rganildi, terim samaradorligi, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi va xodimlarning mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

📌 Mutaxassislar tomonidan terimchilarga zarur ko‘nikmalar va amaliy tavsiyalar berildi.

Bu kabi tashriflar qishloq xo‘jaligidagi real holatni o‘rganish va muammolarga joyida yechim topish uchun muhim ahamiyatga ega...
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -