insurez
30-05-2025 16:05

Yoshlar huquqiy bilimlarni sayyor sudda mustahkamlamoqda


Yoshlar huquqiy bilimlarni sayyor sudda mustahkamlamoqda

⚖️Ayni paytda Samarqand viloyati sudi raisi va tumanlararo sud sudyalari Ishtixon tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, sayyor sud majlisi tashkil etishdi. 

✅Uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonunlarga rioya qilishning ahamiyatini tushuntirishdir. 

✨Sayyor sudda amaliy sud majlisi o‘tkazilib, yoshlar qonunlarning amalda qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdilar. 

👨‍💼Bu esa ularning huquqiy bilimlarini yanada boyitish va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. 

💎Tadbir yoshlar uchun amaliy maslahatlar va muloqotlarga boy tarzda o‘tmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -