О‘zbekiston fermerlari kengashi Samarqand viloyati Ishtixon tuman kengashi
PAXTADAN YUQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YARATIB BERGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANING.
О‘zbekiston fermerlari kengashi Samarqand viloyati Ishtixon tuman Rayosati a’zolarining fermerlarga
MUROJAATI
Qadrli vatandoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoyilari xodimlari!
Bugungi murakkab global iqtisodiy sharoitda, oziq-ovqat xavfsizligi dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir paytda, mamlakatimizda qishloq xо‘jaligi sohasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga kо‘paytirish, yuqori hosil olish, agrar sohada yangi ish о‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.
Shunday murakkab pallada biz dehqonu-fermerlar hamda klaster korxonalari tomonidan har qachongidan kо‘proq mas’uliyat bilan ter tо‘kib ishlashni davr taqozo etmoqda.
Ayni paytda, yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar orqali siz — fermer va qishloq xо‘jaligi subyektlari uchun katta imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Xususan: 2025 yilning о‘tgan 3 oyi davomida qator imtiyozlar va vakolatlar berildi.
Birinchidan, Soliq yuki yengillashtirildi: 2025 yil 19 martdagi PF-50-son Farmonga muvofiq, fermer xо‘jaliklarining soliq qarzdorligi bо‘yicha hisoblangan penyalar hisobdan chiqarildi, ijro ishlari tо‘xtatildi;
ikkinchidan, Yuqori hosil uchun rag‘bat shakllantirildi: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PQ-131-son Qarorga binoan, paxtadan 50 s/ga, g‘alladan 80 s/gadan yuqori hosil olgan fermerlarga bir qator imtiyozlar joriy etildi:
- ijaraga olingan yerlarning 25% qismiga almashlab ekish huquqi (chorva ozuqasi, sabzavot, moyli ekinlar);
- fermerlar kengashi a’zolik badali 0,6 foiz о‘rniga 0,3 foiz etib belgilandi;
- yer solig‘ida bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda 3 karragacha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qо‘llashga ruxsat berildi..
uchinchidan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-136-son qarori bilan yer maydoni 5 gektardan kam bо‘lmagan xо‘jaliklarga о‘zlariga qarashli yerlarning dala chetlarida ichki xо‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq, jami yer maydoning 1 %ga, lekin 20 sotixdan kо‘p bо‘lmagan yerga muzlatkichli omborxonalar, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash obyektlarini qurishga ruxsat berildi.
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Keling, yurtimiz taraqqiyoti uchun birgalikda harakat qilaylik! “Dolzarb bir oylik” davomida agrotexnik tadbirlarni sidqidildan amalga oshirib, yuqori hosil va yuqori daromadga erishaylik. Shu orqali xalqimizning dasturxonini tо‘kin, yurtimizni farovon qilaylik!
Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarda “fermer” nomi bilan ishtirok etar ekansiz, о‘z kasbingizga sadoqat bilan yondoshib, dehqonchilikdan u qaysi yо‘nalishda bо‘lmasin yuqori hosil olib, yaxshi daromad qilib, bozorlarimiz, dasturxonlarimizning tо‘kin bо‘lishiga, qishloq xо‘jaligi sanoatining rivojlanishiga munosib hissa qо‘shgan holda, mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, xalqimiz hayoti tinch va farovon bо‘lishida faol qatnashish har birimizning fermerlik burchimiz hamda vazifamiz ekanligini esimizdan chiqarmaslik zarur.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi о‘ta murakkab iqlim sharoitida kо‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mо‘l hosil yetishtirish – bu chinakam jasorat va matonat namunasidir.
Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi
va irrigatorlar, о‘z ishining haqiqiy ustasi bо‘lgan mexanizator
va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni kо‘radi va el-yurt dasturxonini tо‘kin qilish yо‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Aslida, buning zamirida, shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, о‘zini aynan shu yurt farzandi, deb bilguvchi inson о‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etish hissi yotibdi.
Mirishkor va fidoiy fermerlar!
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, barcha qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini, jumladan chigitni ham о‘z vaqtida yerga qadash biz fermer va dehqonlarning asosiy vazifasidir.
Aprel oyida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oshirishda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertaki, sifatli va mо‘l bо‘lishi ayni shu oydagi mehnat natijasi bilan о‘lchanadi. Bobodehqonlar ta’biri bilan aytganda, “Erta ekkan – erta о‘radi”, shuning uchun chigitni о‘z vaqtida yerga qadang.
Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun aprel-may oylarida, ya’ni “Dolzarb bir oylik”da biz fermerlar tomonidan chigitni о‘z vaqtida yerga qadab, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi hamda erta ekib qо‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarga har qachongidan ham ziyoda mas’uliyat bilan yondoshishingiz sо‘raladi:
birinchidan, barcha fermerlar uzog‘i bilan 2-3 kunda tо‘liq chigitni ekishni yakunlang;
ikkinchidan, 15-20 aprel kunlarida g‘о‘za maydonlarida 150-200 kg azotli, 50 kg kaliy, 200 kg fosforli (ekish bilan berilmagan bо‘lsa) о‘g‘itlar bilan
1-kultivatsiya ishlarini sifatli о‘tkazing;
uchinchidan, 3 kun muddatda dala chetlariga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli yoki makkajо‘xori urug‘i va kо‘chatlarini ekishni yakunlang, xususan, Xitoy navlari ekilgan maydon atrofiga makkajо‘hori yoki kungaboqar ekishni alohida tashkil eting;
tо‘rtinchidan, 20-25 aprelgacha g‘о‘za qator orasini chuqur (60 sm kenglikda ekilgan dalada 25-30 sm, qolgan maydonlarda 35-40 sm chuqurlikda) chizel qiling;
beshinchidan, g‘о‘za nihollari tо‘liq unib chiqqan maydonlarda tuproq mexanik tarkibi yengil maydonlar (qum yerlar) da 200-220 ming tup/ga, mexanik tarkibi о‘rta (voplon) yerlarda 140-160 ming tup/ga, mexanik tarkibi og‘ir (sug‘a) yerlarda
120-130 ming tup/ga, Xitoy texnalogiyasida qoldirishingizni, yagonalashni g‘о‘za
1-2 chinbarg chiqargunga qadar yakunlang;
oltinchidan, g‘о‘za 2-3 chinbarg chiqarganda organik biopreparatlar, kimyoviy moddalar (gumin, gumimax, NVK, ifo, PZN, Bioduks va xokazo) biologik stimulyatorlar bilan qо‘shimcha ishlov bering, g‘о‘zaning erta pishib yetilishi hamda paxtadan 50 sentner hosil olishga erishing;
yettinchidan, paxta dalasiga zararkunandalar kirib kelmasligi uchun dala chetlariga oltinkо‘z biomahsulotlarini 1000 dona/ga meyorida tarqatish, begona о‘tlardan tozalash, oltingugurt va ISO qaynatmalar bilan ishlov berishni
3-5 kunda yakunlang;
sakkizinchidan, g‘allangizni bahorgi oziqlantirishni 5 kunda yakunlab – 200 kg/ga ammiakli selitra sepishni unutmang;
tо‘qqizinchidan, 10 kunda kamida 3 marta bargidan oziqlantiring (suspenziya sepish) hamda 1 m2 maydonga 2-3 dona xasva imogasi aniqlangan maydonlarni dala chetiga qaratib kimyoviy ishlov bering;
о‘ninchidan, g‘alla kombaynini, tashish texnikalarini mavsumga tayyorlang;
о‘n birinchidan, har bir fermer xо‘jaligi rahbari paxtachilik va g‘allachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirib, bu yil paxta hosilini 50 sentner hamda g‘alladan 80 sentner hosil olib, yuqori daromad olishga erishing hamda Prezidentimiz qaroridagi belgilangan imtiyozlardan foydalang.
Hurmatli klaster korxonalari rahbarlari!
Sizlarning e’tirofga arzigulik darajadagi biznes rejalaringiz asosida, bir necha yillar faqat xom-ashyo sifatida sotilgan tolalarimiz, bugungi kunda qayta ishlanib, tayyor mahsulot bо‘lib milliy iqtisodiyotimiz о‘sishiga va eksport salohiyatimiz mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, Sizlarning rejalaringizning muhim omili yetishtirilgan hosilning о‘z vaqtida, sifatli yig‘ib olinishga bog‘liqdir.
Shuning uchun quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring:
birinchidan, chigit ekishni 2-3 kun muddatda yakunlash uchun fermerlarga kerakli texnika va moddiy resurslarni о‘z vaqtida yetkazilishida kо‘maklashing;
ikkinchidan, paxta va g‘alladan yuqori hosil olish uchun qо‘shimcha mineral о‘g‘it va boshqa resurslarni g‘amlang;
uchinchidan, g‘alla о‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik kо‘rib, fermerlar yetishtirgan g‘allani sifatli saqlash uchun shart sharoitlar yarating.
Hurmatli fermer va dehqonlar!
Barchangizni mavjud imkoniyatlarni ishga solib, qishloq xо‘jaligi ekinlarini tez kunlarda sifatli ekish va yuqori daromad olishga chaqiramiz.
Qishloq xо‘jaligi ekinlarini ekishni shunday kо‘tarinkilik bilan tashkil qilaylikki, toki har bir О‘zbekistonlikman, degan inson о‘zini dehqondek his etsin.
Bobodehqon yelkasidagi yukni kо‘tarishga kamarbasta bо‘lish, el-yurt tashvishiga sheriklik qilish, dehqonning zafarlaridan faxrlanish uchun kurashish hissi yuragingizda jо‘sh ursin!
Barchangizni mazkur ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bо‘lishi uchun munosib hissangizni qо‘shishga hamda Dolzarb bir oy mobaynida qishloq xо‘jaligi ekinlarini о‘z muddatlarida ekishga hamda yuqori hosil olishga da’vat etamiz!
|
О‘zbekiston fermerlari Samarqand viloyati Ishtixon tumani kengashi |
|
|
Tuman hokimining 25-may maktab bitiruvchilariga tabrigi
Qadrli maktab bitiruvchilari!
Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Tumanimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida «so‘nggi qo‘ng‘iroq»lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.
Maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman.
Kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.
Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.
Doimo sog‘-omon bo‘ling!
Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang!
Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Fazliddin Ruziyev,
Ishtixon tumani hokimi
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman hokimining bayram tabrigi
Assalomu alaykum, Aziz ayollar!
Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8 mart — Xotin-qizlar kuni bilan tumanimiz faollari, keng jamoatchilik nomidan samimiy muborakbod etaman!
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.
Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab ta’riflar keltirish mumkin.
Bu borada Davlatimiz rahbarining "Siz, hurmatli ayollarimiz o‘zingizning onalik mehringiz, hayotiy bilim va tajribangiz bilan farzandlarimizni turli xavf-xatarlardan asrashda, ularni mustahkam irodali, ma’naviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda bundan buyon ham kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz, deb ishonaman. Ayniqsa, qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy bilimlar, kasb-hunarlarga o‘rgatishda biz avvalo sizlarga suyanamiz" degan so‘zlari har jihatdan ibratlidir.
Islohotlarning bosh mavzusi – insonni qadrlash, fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ekan, bu o‘rinda ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar bo‘layotganligi barchamizni mamnun etadi.
Eng muhimi har bir oila o‘rganilmoqda. O‘tgan yili sektor rahbarlarining xatloviga asoslangan holda shakllantirilgan 38 ming 886 nafar 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlardan 5 ming 780 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi va zarur yordamlar ko‘rsatildi.
1771 nafar ishsiz xotin-qizlardan 487 nafarini bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi. 25 nafariga 75 gektar yer maydonlari ajratildi,
1131 nafar turli yoshdagi xotin-qizlarga o‘zini band qilish maqsadida 110 million 600 ming so‘mlik asbob-uskunalar olib berildi. Oliygohlarda ta’lim olayotgan talaba qizlarga 384 million 600 ming so‘m shartnoma to‘lovlari amalga oshirildi.
O‘z navbatida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 3697 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam pullari to‘landi, 38 nafar opa-singillarimizga davolanish va sog‘liklarini tiklash uchun 83 million 400 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Bundan tashqari jarrohlik amaliyotiga muhtoj 16 nafar xotin-qizlarga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va shu orqali oila iqtisodini tiklash istagida bo‘lgan 250 nafar xotin-qizlarga kreditlar ajratildi. 32 nafar xotin-qizlarga uy-joylarini ta’mirlash uchun 96 million 700 ming so‘mlik qurilish materiallari yetkazib berildi. Yaqinda tumanimizdan 460 nafar xotin-qizlarning tarixiy obidalarga boy bo‘lgan Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohati tashkil etildi.
Prezidentimizning PQ–376-sonli qaroriga asosan, 21 ta mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi tashkil etilib, 230 nafardan ziyod opa-singillarimizni bandligi ta’minlandi.
“Ishtixon ovozi” gazetasida ko‘p yillar mehnat faoliyatini olib borgan Muqaddam Hayitova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani opa-singillarimiz mehnatga berilgan munosib bahodir.
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba Jahon chempioni bo‘lgan bokschi qizlarimiz Nigina O‘ktamova “Osiyo o‘yinlari”da faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib “Fransiyaning Parij shahrida bo‘ladigan yozgi olimpiya o‘yinlari”ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, Gulsevar Gʻaniyeva “Osiyo chempionatida faxrli birinchi o‘rinni egallab” yurtimiz bayrog‘ini yana bir bor Jahon arenalarida yuksaklarga ko‘tardi, Musurmonova Maftuna “Jahon chempionatida” ikkinchi o‘rinni, Bozorboyeva Sanobar, Shakarova Ruxshonalar “Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinlar”ni qo‘lga kiritganligi maqtovga sazovor. (Bu qizlarimizning onalariga yana bir marotaba o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.)
Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!
So‘zimning oxirida barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin!
Qutlug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin!