Ijro intizomi — kun tartibida
Ijro intizomi — kun tartibida
Bugun Tuman hokimligida o‘tkazilgan muhokamada ijro intizomi masalalari haqida so'z bordi. Unda ayrim tashkilotlarda topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilmayotgani, intizomda sustkashliklar uchrayotgani qayd etildi.
Shuningdek, muhokama davomida rahbar va mas’ul xodimlarga topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ishga mas’uliyat bilan yondashish hamda samaradorlikni oshirish zarurligi eslatib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI