insurez
26-06-2025 11:36

Inklyuziv ta’lim – e’tibor va imkoniyatlar maktabi


Inklyuziv ta’lim – e’tibor va imkoniyatlar maktabi

Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev bugun tumandagi 8 maktabda inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur maktabda eshitish, til, ko‘rish hamda tayanch-harakatda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar sog‘lom tengdoshlari bilan birga, umumta’limning tayanch o‘quv rejasi asosida ta’lim olmoqda. 

Ularning orqada qolib ketmasligi uchun maxsus pedagoglar shtat asosida ular bilan yonma-yon o‘tirib, birga ishlaydi va o‘quv jarayonida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda maktabda 3 nafar o‘quvchi inklyuziv ta’limda tahsil olmoqda. 

Tuman hokimi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholab, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish va har bir o‘quvchiga teng imkoniyat yaratish lozimligini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -