insurez
11-04-2025 16:50

"IQTIDORLI MAKTAB ANSAMBLI" KO'RIK- TANLOVI  TUMAN  BOSQICHI  O'TKAZILDI


"IQTIDORLI MAKTAB ANSAMBLI" KO'RIK- TANLOVI  TUMAN  BOSQICHI  O'TKAZILDI

✅  Xabar qilinganidek, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablardagi ansambllar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovini tashkil etish belgilangan edi.
⚡️Tanlovda 6-10-sinf o‘quvchilari jamoaviy tarzda (8 nafardan oshmagan tarkibda) milliy cholg‘ular yo‘nalishida ishtirok etishdi.

🪕Bugun Ishtixon tuman 21- sonli Bolalar Musiqa va Sanʼat  maktabida
‘‘Iqtidor maktab ansambli" ko‘rik-tanlovining
tuman  bosqichi oʻtkazildi. 

🏆Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇-o'rin 2 - maktab "Humo" ansambli
🥈-o'rin  30 - maktab "Dutorchi qizlar " ansambli
🥉-o'rin 1-IDU maktabi "Guldasta" ansambli  qo‘lga kiritishdi.

♦️ Tanlovning asosiy maqsadi: ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh havaskor ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat.

© Ishtixon  tuman
"Barkamol avlod" bolalar maktabi 

Teglar
- -