Ishtixon tuman sudida “Ochiq eshiklar kuni” – yoshlar va sudya o‘rtasida ochiq muloqot
Ishtixon tuman sudida “Ochiq eshiklar kuni” – yoshlar va sudya o‘rtasida ochiq muloqot
⚖️Ishtixon tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tumandagi umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga sud tizimi, uning faoliyati va qonun ustuvorligining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
⚖️Tadbirda Ishtixon tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Jonibek Raupov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida fikr almashdi. Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va yoshlarning faolligi yuqori bo‘ldi.
🤩Bunday tadbirlar yosh avlodda huquqiy bilimlarni shakllantirish, fuqarolik ongi va jamiyatga daxldorlik tuyg‘usini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Sud #Yoshlar #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI