Ishtixon tumanida ko‘z kasalliklarini davolash uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Ishtixon tumanida ko‘z kasalliklarini davolash uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
✅Bugun Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ko‘z mikroxirurgiya markazi direktori Azamat Farxadovich, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirok etdi.
🇺🇿Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohatlar, xususan, tumandagi ko‘z kasalliklari bilan og‘rigan fuqarolarni bepul davolash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, ehtiyojmand aholini yuqori texnologiyalar asosida, Respublika ko‘z mikroxirurgiya markazi mutaxassislari tomonidan davolash yo‘lga qo‘yiladi.
✨Bu ishlar tuman aholisining salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim qilishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI