Ishtixon tumanida moddiy madaniy meros obyektlariga jamoatchi inspektorlar biriktirildi.
Ishtixon tumanida moddiy madaniy meros obyektlariga jamoatchi inspektorlar biriktirildi.
Samarqand viloyati hokimining 2024-yil 19-dekabrdagi 16-01/118-son apparat yig‘ilishi bayonining 2-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, Ishtixon tumanida moddiy madaniy merosni saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha muhim tashabbus amalga oshirildi.
Tuman hududida joylashgan 62 ta mahallalarda mavjud bo‘lgan jami 62 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektiga jamoatchi inspektorlar biriktirildi. Ushbu choralar — tarixiy obyektlarning holatini doimiy nazorat qilish, ularni asrash va saqlashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus doirasida, bugun tuman hokimligi faollar zalida jamoatchi inspektorlar ishtirokida guvohnomalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi K. Yavkochdiyev va tuman hokimining davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Tojixonovlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda jamoatchi inspektorlar qatnashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga jamoatchi inspektorning huquq va vazifalari, ularning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni va moddiy madaniy meros obyektlarini asrashdagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashabbus — Ishtixon tumanida tarixiy qadriyatlarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga butun holda yetkazish yo‘lida jamoatchilik ishtirokida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI