insurez
17-05-2025 10:12

Ishtixon tumanida soliq tushumlari va nogironligi bor shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi


Ishtixon tumanida soliq tushumlari va nogironligi bor shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Bugun Ishtixon tuman hokimligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Davlat soliq inspeksiyasi rahbari, mahalla faollari — mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Muhokama asosiy e’tibor tumandagi soliq tushumlarini oshirish, tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash, shuningdek, ushbu sohada mahallaning o‘rni va mas’uliyatini kuchaytirish masalalariga qaratildi. 

Har bir mahallada soliq to‘lovchilar bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularni xabardor qilish va tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, 
tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlam — nogironligi bor shaxslarni aniqlash va ularni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini tizimli tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. 

Bu borada mahalla faollari va hokim yordamchilariga aniq vazifalar yuklatildi. 

Xususan, 
har bir mahallada nogironligi bor fuqarolar
 ro‘yxati yangilanib, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilishi, tibbiy ko‘riklar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Muhokama yakunida tuman hokimi tomonidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

#Soliq #Ishtixon2025 #Hokimyordamchisi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -