Ishtixonda asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Ishtixonda asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Ishtixon tumanidagi 35-umumta’lim maktabida asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi start oldi. Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etmoqda.
Olimpiada jarayonlarini Respublika fan olimpiadalari markazining yetakchi mutaxassisi Eshmurodov Shovqiddin boshqarib bormoqda.
Bunday bellashuvlar yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan bilimdon avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI