insurez
11-10-2025 16:45

ISHTIXONDA GʻALABA — PRO LIGA YO‘LIDA MUHIM QADAM!


ISHTIXONDA GʻALABA — PRO LIGA YO‘LIDA MUHIM QADAM! 🇺🇿

Bugun Birinchi liganing 17-tur bahsida
Ishtixon FK o‘z maydonida Chig‘atoy (Toshkent) jamoasiga qarshi bahs olib bordi. (https://t.me/ishtixontumanhokimligi/29928)

Qizg‘in o‘yin muxlislarga haqiqiy futbol bayramini ulashdi. Bellashuv 2:1 hisobida Ishtixon jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi! 🔥

📊 Natija:
🔵 Ishtixon 2:1 Chig‘atoy 🔷
⚽️ 26-daqiqa — Oybek Jo’rayev (1:0)
⚽️ 32-daqiqa — Xurshidbek Fayziyev (1:1)
⚽️ 81-daqiqa — Amirshoh Amanov (2:1)

Jamoamiz oxirgi daqiqalardagi joyidagi zarb bilan muhim g‘alabaga erishdi. Bu natija Ishtixon FK uchun Pro liga yo‘lida katta qadam bo‘ldi! 💪⚽️

Barcha ishtihonlik muxlislarga katta rahmat! Sizlarning qo‘llab-quvvatlovingiz jamoamizga ruh baxsh etdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -