Ishtixonda “Ibratli oila”lar e’tirof etildi
Ishtixonda “Ibratli oila”lar e’tirof etildi
🤩15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Ishtixon tuman hokimligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🤩Tadbir doirasida “Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi” ko‘krak nishoni bilan faol, ahil va ibratli hayot tarzi bilan yurtdoshlarimizga namuna bo‘layotgan 11 nafar oila vakillari tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tomonidan taqdirlandi.
🤩Tadbirda oilalarning jamiyatda tutgan o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati va mustahkam oilaviy muhitning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🤩Bunday e’tirof va ehtiromlar oilalarni yanada birlashtiradi, yurtimizda bardavom tinchlik va osoyishtalikning asosi bo‘lgan oilalarning mavqeini yanada yuksaltiradi.
#Ibratlioila #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI