Ishtixonda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Ishtixonda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Ayni damda Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamrohligida pillachilik sohasida olib borilayotgan ishlar bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.
Jumladan, “Ishtixon Silk” MCHJ tomonidan joriy yilda tumandagi 455 nafar kasanachi va 745 nafar fermer xo‘jaliklari uchun jami 7233 quti ipak qurtlar parvarishlanmoqda.
Joriy mavsumda umumiy 434 tonna pilla hosili yetishtirish rejalashtirilgan.
#Pilla #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI