Ishtixonda “STOP KORRUPSIYA” marafoni o‘tkazildi
Ishtixonda “STOP KORRUPSIYA” marafoni o‘tkazildi
Ayni damda Ishtixon tumani markazidagi “Ustozlar xiyoboni”da korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “STOP KORRUPSIYA” marafoni bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda turli tashkilot rahbarlari, yoshlar hamda sportchilar faol ishtirok etmoqda. Marafon orqali jamoatchilik o‘rtasida halollik, odillik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash maqsad qilingan.
#Stopkorrupsiya #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI