Ishtixonda tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lida yana bir qadam
Ishtixonda tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lida yana bir qadam
PQ–185 sonli qaror ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va birlamchi tibbiy yordam tizimini zamonaviy asosda tashkil etish maqsadida Ishtixon tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli barcha oilaviy poliklinikalar hamshiralariga zamonaviy patronaj sumkalari va planshetlar topshirildi.
Mazkur planshetlar orqali hamshiralar aholi salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni elektron tarzda yuritish, bemorlar holatini doimiy kuzatib borish va profilaktik ishlar samaradorligini oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, patronaj sumkalari ularning aholi manziliga chiqib xizmat ko‘rsatish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Ushbu tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish va tibbiyot xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI