insurez
22-09-2025 10:38

Ishtixonda "Xon atlas" haftaligi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi


Ishtixonda "Xon atlas" haftaligi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi 

Ishtixonda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari va bir guruh nuroniylar ishtirokida "Xon atlas" haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, tadbir davomida davra suhbati tashkil etildi. Unda milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bunda mahalla faollari, ota-onalar hamda nuroniylar ro'lini yanada oshirish haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida xotin-qizlar tomonidan milliy raqslar, folklor chiqishlar namoyish etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -