Ishtixonda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Ishtixonda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Bugun Ishtixon tumanidagi Odil mahallasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi binoda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlarini qulay sharoitda qabul qilish va mahalla faoliyati samaradorligini oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI