Ishtixonda yashil energetika bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan uchrashuv
Ishtixonda yashil energetika bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan uchrashuv
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoy Xalq Respublikasining “CHONGQING ENDURANSE GENERAL EQUIPMENT., LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan:
• Quyosh energiyasi asosida elektromobillar uchun quvvatlash shaxobchalari tashkil etish;
• Yashil energiya texnologiyalarini ishlab chiqarish va tuman hududida joriy etish;
• Ishtixon infratuzilmasini ekologik toza energiya manbalari bilan ta’minlash masalalari asosiy mavzu bo‘ldi.
Uchrashuvda loyihalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hamda hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI