Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi boshlandi
2025-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. 📰Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 👀 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.




