insurez
13-09-2025 12:43

“Pomidor sayli”da Samarqand viloyatining barcha tumanlari qatori Ishtixon tumani ham faol ishtirok etdi.


Bugun Bulung‘ur tumanida “Pomidor sayli”da Samarqand viloyatining barcha tumanlari qatori Ishtixon tumani ham faol ishtirok etdi.

Sayilda Ishtixon tumani dehqonlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan turli navdagi pomidorlar va qayta ishlangan mahsulotlar namoyish etildi.

Tadbirda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev ham ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini mehmonlarga yaqindan tanishtirdi.

❗️Shu tariqa, Ishtixon tumani sayilga o‘zining boy hosili va qayta ishlangan mahsulotlari bilan munosib hissa qo‘shdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -