insurez
23-09-2025 10:36

Qo‘qonda o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtixonlik hunarmand ishtirok etdi


Qo‘qonda o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtixonlik hunarmand ishtirok etdi

Joriy yilning 19–21 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalining 3-bosqichi tantanali tarzda o‘tdi. 

Unda jahonning 71 davlatidan 300 dan ziyod hunarmandlar o‘z mahsuotlari va mahoratlarini namoyish etdilar.

Samarqand viloyatidan 31 nafar mahoratli hunarmand ishtirok etdi. Ular orasida Ishtixon tumani “O‘zbekiston” mahallasi faol tadbirkor ayoli, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Rahima Hakimova ham borligi tumanimiz uchun faxrli holatdir. 

U o‘z ishlanmalari va mahoratli ishlari bilan festivalda faol ishtirok etib, mehmonlar va ekspertlarda katta taassurot qoldirdi.

Ishtixonlik hunarmandning bunday nufuzli anjumanda qatnashishi tumanimiz hunarmandchilik an’analari va milliy qadriyatlarini yanada keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -