Ta’lim sifatini oshirish — asosiy vazifa
Ta’lim sifatini oshirish — asosiy vazifa
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz)
Mazkur yig‘ilishdan so‘ng tuman hokimi tomonidan tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida maxsus uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda davlat rahbari belgilab bergan vazifalar muhokama qilinib, ularni joylarda samarali ijro etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi har bir ta’lim muassasasi zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilganini ta’kidlab, amaliy natijalarga erishish zarurligini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI