TOP-100 dagi Yoshlar yetakchilarining ota-onalari e‘tirof etildi
TOP-100 dagi Yoshlar yetakchilarining ota-onalari e‘tirof etildi
⭐️Xabaringiz bor, mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e‘lon qilingan edi.
➡️Ushbu reytingdan o‘rin egallaganlar orasida Ishtixonlik yoshlar yetakchilari hamda ularning ota-onalari ham e'tirof etildi. (https://t.me/ishtixon_yoshlar_ishlari/4589)
🌎Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Sarvar Boboyev e‘tirof etilgan yetakchilarning ota-onalariga Mahalla uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullayevning tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, “Mutolaa” ilovasi orqali "Atom odatlari" kitobini o'qib, ushbu kitob asosida tashkil etilgan test savollarida yuqori ballarni qoʻlga kiritgan hamda 1ta xorijiy tillarni mukammal oʻrgangan yoshlar yetakchilari Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayevning pul mukofotlari sovg'a qilindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI