insurez
30-08-2025 14:53

Uzumchilikda yangi imkoniyatlar: tuman hokimi fermerlar bilan uchrashdi


Uzumchilikda yangi imkoniyatlar: tuman hokimi fermerlar bilan uchrashdi

Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev uzumchilikka ixtisoslashgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fermerlar yerdan unumli foydalanish, suv ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Xususan, uzumzorlarda “shpal” texnologiyasini joriy qilish orqali hosil sifatini yaxshilash va daromadni ko‘paytirish mumkinligi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga, tuman rahbariyati tomonidan fermerlar takliflari o‘rganilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -