Samarqandga sel kelish xavfi e’lon qilindi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqandga sel kelish xavfi e’lon qilindi. 

O‘zgidromet joriy yilning18-23 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.
18-23 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel kelishi xavfi eʼlon qilindi.

Shu o‘rinda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi

2015-2024 © Хокимият Иштыханского района. Разработан в: SAKTRM