Mahallam - o`z uyim, ota makonim

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqimiz orasida “Otang ham mahalla, onang ham mahalla”-degan naql yuradi. mamlakatimizning qaysi hududida bo`lmaylik ana shu naqlning amaldagi isboti ko`zga tashlanmoqda. Mahalla ehtiyojmand xonadonlarning g`amxo`ri, tarbiya borasida to`g`ri yo`lga boshlovchi, ezguliklar beshigidir.

 

Ishimizni yaxshilikdan boshladik

Yaqinda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari raislarining yangicha tizim sharoitida aniq maqsadni ko‘zlab ishlashni tashkillashtirish mavzusidagi o‘quv seminarida qatnashdik. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universitetining tarix fakultetida o‘tgan bu seminar biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Bilimlarimizni yanada boyitdik. Viloyat hokimi, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, universitetning professor o‘qituvchilari, oqsoqollar amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab, aniq yo‘nalishlar berishdi. Albatta, hammada ham bilim va ko‘nikmalar yetarli emas. Olgan bilimlarimiz asosiy ishimizda qo‘llanma bo‘ladi.

Ishtixon MFYda 1529 nafardan ortiq aholi hayot kechiradi. Ular 292 xonadonni tashkil etadi. Hududdagi ko‘p qavatli uylarda 20 xonadon yashaydi.

Yaqinda faoliyat boshlagan bo‘lsak ham rejadagi ishlarimizni amalga oshirdik. Ko‘pdan buyon odamlarning murojaatlariga sabab bo‘lib kelayotgan muammolar hal etilayotir. Furqat ko‘chasining asosiy qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi. Sekinlik bilan shu yo‘lning davomi, Alisher Navoiy nomli va MFY hududidagi boshqa ko‘chalar ham ta'mirlanadi. “Dehqon bozori” bizning MFY hududida joylashgan. Yaqinda fuqarolarning takliflarini inobatga olib bozorning kirish qismida ikki joyga terminal o‘rnatildi. Bozorlardagi tartibsizliklarning oldini olish maqsadida yangi bozorga o‘tish takliflari bildirildi. Ish boshlagan tadbirkorlar 6 oyga qadar soliq va boshqa to‘lov-lardan ozod qilinadi. “Temir daftar”dagi 5 nafar ehtiyojmand oilaga moddiy yordam berildi. Sog‘ligida muammo bo‘lgan 6 nafar fuqaroning murojaati inobatga olindi, jarrohlik amaliyoti bajarildi.

Albatta, odamlar mahalla fuqarolar yig‘inini to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, qiynalganda yordam ko‘rsatadigan g‘amxo‘r jamoa deb bilishadi. Bemalol tortinmay muammolarini o‘rtoqlashadi. Hokim yordamchisi, mahalla faoli, bu sohada yangi bo‘lsak-da ishga astoydil kirishdik, murojaatlarni joyida hal etishga harakat qilayapmiz.

Ishlarimizni fuqarolarga yaxshilik qilish, ular ko‘targan masalalarni hal etish, oxiriga yetkazishdan boshladik. Eng muhimi ham shu. Hamjihatlikda maqsad sari dadil intilishdir.

 

Maqsud O‘ROLOV,

Ishtixon MFY raisi.

2015-2024 © Хокимият Иштыханского района. Разработан в: SAKTRM