insurez
26-07-2024 09:51

#Adliya_mahallada


#Adliya_mahallada
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining  mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotida  huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rish adliya organlarining vazifalarining biri hisoblanadi. 

🔹Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan,  Ishtixon tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari  FHDY hamda Madat NTT xodimlari "Qiyot” mahallasida uyma-uy yurgan holda yoshlar va aholi huquqiy muammolarini oʻrganib, ularga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -