Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov, viloyat va tuman mutassadilari tumanning “Jo‘ra Mahmudov” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov, viloyat va tuman mutassadilari tumanning “Jo‘ra Mahmudov” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad – eski ta’mir talab ko‘p qavatli uylar o‘rniga yangi, zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar (domlar) qurish bo‘yicha tushuntirish berilib aholi fikr-mulohazalari eshitildi.
Uchrashuvda mahalla aholisiga yangi qurilish rejalari va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Eski uylarni buzib, ular o‘rniga zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi uy-joylar qurish rejasi aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, yangi quriladigan uylarning loyihasi, ularning qulayliklari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI