Bugun viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bugun viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov va sektor rahbarlari birgalikda viloyat prokuroriga tumanda olib borilayotgan ishlar, ya’ni infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishi, mahallalardagi sharoitlar va boshqa muhim masalalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Qilingan ishlar yuzasidan ayrim loyihalarning hozirgi holati o‘rganildi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berildi.
Viloyat prokurori hududdagi ishlarning sifatini va ularning aholining turmush tarziga bo‘lgan ta’sirini tahlil qildi, shuningdek, tuman rahbariyatiga ko‘rsatmalar berdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI