Hurmatli yurtdoshlar!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklayman!
Konstitutsiyamiz – davlatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti, jamiyatimizdagi demokratik qadriyatlarning mustahkam asosidir. Asosiy Qonunimiz yurtimizda adolatli jamiyat qurish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lidagi yo‘lxaritadir.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz asosida jamiyatimizning barcha jabhalarida yuksak yutuqlarga erishilmoqda. Yurtimizdagi tinchlik va hamjihatlik, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi – bu mustahkam qonunlar va ahil jamoatchilikning amaliy sa’y-harakatlarining samarasidir.
Barchangizni bayram bilan muborakbod etib, har bir oilaning baxt-saodatga to‘lishini, yurtimizda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik hukm surishini tilab qolaman.
Konstitutsiya bayrami muborak bo‘lsin!
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI