Ishtixon delegatsiyasi Xitoyda: yangi imkoniyatlar sari
Ishtixon delegatsiyasi Xitoyda: yangi imkoniyatlar sari
🇺🇿🇨🇳Avval habar berganimizdek (https://t.me/ishtixontumanhokimligi/24021) ayni damda Ishtixon tuman hokimligi delegatsiyasi Xitoyning Urumchi shahrida Xitoylik tadbirkorlar bilan investisiya loyihalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazmoqda.
✅Muzokaralar chog‘ida Ishtixon tumaniga sarmoya jalb qilish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilinmoqda.
✨Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik asosida yangi ishlab chiqarish ob’yektlarini ochish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
💎Ushbu tashrif hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI