insurez
24-12-2024 10:46

Ishtixon tuman hokimligida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Chinorova yil yakuni bo‘yicha hisobot taqdim qildi hamda o‘z murojaatini yo‘lladi.


Ishtixon tuman hokimligida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Chinorova yil yakuni bo‘yicha hisobot taqdim qildi hamda o‘z murojaatini yo‘lladi. 

Hisobotda bo‘lim tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar atroflicha yoritildi.

Feruza Chinorova o‘z chiqishida mavjud yutuqlar bilan birga, kelgusida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, xotin-qizlar o‘rtasida ish bilan ta’minlash masalasi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish orqali tumandagi ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -