Ishtixon tumanidagi bozorlarda Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirokida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.
⚡️Bugun Ishtixon tumanidagi bozorlarda Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirokida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.
⚡️O‘rganishlar davomida bozorlardagi narx-navolar, savdo sharoiti va aholining iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish darajasi tahlil qilindi.
🛒Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tadbirkorlar va xaridorlar bilan muloqot qilib, ularning muammolari, takliflari va e’tirozlarini o‘rgandi.
🛒Shuningdek, bozorlarda ayrim mahsulotlar narxi yuqorilab ketgan holatlarga e’tibor qaratildi. Ishchi guruh narx-navolarni barqarorlashtirish, sun’iy qimmatlashuvga yo‘l qo‘ymaslik hamda mahsulotlarning sifatini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI