insurez
06-01-2025 11:40

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

 Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga (https://t.me/soliqnews/12240) nisbatan indeksatsiya qilindi. 

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4687813)

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida; 

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda –  mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. 

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4687813)

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
 ✅ Soliq (https://play.google.com/store/search?q=soliq+uz&c=apps&hl=ru) mobil ilovasi orqali.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -