Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining muhokama
yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli farmonga muvofiq, mahallalarni qo‘llab-quvvatlash tuman kengashlarining muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Ishtixon tumani mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining “mahalla yettiligi” va unga mas’ul bo‘limlar va tashkilotlar tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokama yig‘ilishida kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lgan rahbarlarining 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan ham hisobotlari eshitildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI