O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida tuman hokimligida muhokama o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Davlat tilini muhofaza qilish va uning o‘z vaqtida, to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- Ish jarayonida qo‘llanilayotgan atamalarning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilishining doimiy nazoratda bo‘lishi;
- Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan buyruqlar, farmoyishlar, muhrlar, tamg‘alar va rasmiy blanklarning davlat tilida qabul qilinishi va e’lon qilinishi;
- Ish hujjatlarining, jumladan statistika va moliya hujjatlari, davlat tilida yuritilishi;
- Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar, yo‘riqnomalar va ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi;
- Joriy yilning 1 iyuliga qadar barcha xodimlarni davlat tilida ish yuritish asoslariga o‘rgatish, hamda malaka oshirish markazining Samarqand viloyatidagi hududiy bo‘linmasida malaka oshirish tadbirlarini o‘tkazish.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI