Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanidagi olis hududda joylashgan “Oʻzbekqurgʻon” mahallasida bo‘ldi.
Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanidagi olis hududda joylashgan “Oʻzbekqurgʻon” mahallasida bo‘ldi.
Mazkur mahallada barpo etilayotgan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Qurilish obyektining sifatli va zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etilishi, kelgusida mahalladagi bolajonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yaxshi bo‘lishini takidladi.
Mazkur ta’lim muassasasining qurilishi mahalliy aholi uchun katta ahamiyat kasb etadi, chunki bu yerdagi bolalarning erta ta’lim olish imkoniyatlari yanada yaxshilanadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI