Shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgan barcha tashqi reklama vositalari aniqlanib, joyida bartaraf etildi.
Ishtixon tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 avtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida:
Belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan;
Davlat tilida bo‘lmagan;
Shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgan barcha tashqi reklama vositalari aniqlanib, joyida bartaraf etildi.
Bunday qoidabuzarliklarni qayta sodir etgan tadbirkorlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirish xatlari taqdim etildi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Qonun talablariga rioya etib, tadbirkorlik faoliyatingizni yanada rivojlantirishingizga umid qilamiz.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI